12:26 / 13.09.2016
6556

Pokistonda bayram ibodati vaqtida portlash yuz berdi

Pokistonning Shikarpur shahrida bayram ibodati vaqtida yuz bergan portlash oqibatida kamida 10 kishi jabrlangan. Ulardan 2 nafari politsiyachilar edi.

Dawn nashri ma'lumotiga ko‘ra, hujum 4 nafar xudkush terrorchi tomonidan sodir etilgan. Terrorchilardan biri o‘zini portlashgan, yana bir terrorchi voqea joyidan qochib ketgan.

Ikki terrorchi esa maqsadiga erisha olmagan, politsiya gumondorlardan birini qo‘lga tushirgan, yana bir gumonlanuvchi qochishga uringanida otib tashlangan.

Jabrlanuvchilar yaqin hududda joylashgan shifoxonaga joylashtirilgan.

Top