Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT bosh kotibi Xavfsizlik kengashida islohotlar o‘tkazish vaqti kelganini aytdi
BMT bosh kotibi Pan Gi Munning fikricha, BMT Xavfsizlik kengashida islohotlar o‘tkazish vaqti keldi.
"Xavfsizlik kengashi isloh qilinishi – demokratik va ko‘p vakillik tomonga o‘zgarish vaqti keldi", deb aytdi bosh kotib matbuot-anjumanda. Uning aytishicha, BMTga asos solingandan beri kengash bor-yo‘g‘i bir marta o‘zgartirilgan.
Pan Gi Munning aytishicha, islohotlar bo‘yicha turli davlatlar guruhlaridan turli takliflar bildirilmoqda, biroq "fikrlar mos kelmayapti".
Shunday takliflardan biri Fransiya va Meksikadan bildirilgan, bu davlatlar BMT Xavfsizlik kengashi doimiy a'zolari tomonidan taqiqlov qo‘yish huquqining qo‘llanishini cheklashni taklif qilishmoqda.
Taklifga ko‘ra, BMT Xavfsizlik kengashi tomonidan insoniylikka qarshi jinoyatlar, harbiy jinoyatlar va genotsid alomatlariga ega vaziyatlar ko‘rilgan taqdirda kengashning doimiy a'zolari – Rossiya, AQSh, Xitoy, Fransiya va Buyuk Britaniya tomonidan taqiqlov qo‘yish huquqini qo‘llash cheklanadi.
Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vitaliy Churkinning ta'kidlashicha, Moskva uchun kengashning hozirgi doimiy a'zolari huquqlari, jumladan taqiqlov huquqining cheklanishiga olib keluvchi istalgan fikrlar nomaqbul hisoblanadi.
Mavzuga oid
12:15 / 19.12.2025
BMT Bosh Assambleyasi Ukrainadagi RF harakatlari haqidagi rezolyutsiyani yangiladi
17:42 / 18.12.2025
O‘zbek migrantlari: ularning mamlakat iqtisodiyotidagi o‘rni qay darajada katta?
21:14 / 15.12.2025
BMT ilk bor Butunjahon turkiy tillar kunini nishonladi
07:30 / 10.12.2025