14:15 / 15.09.2016
11905

Kun fotosi: Yangi iPhone 7 uchun navbat

Avstraliyaning Sidney shahrida iPhone 7 sotib olishga navbatga turgan xaridorlar surati ijtimoiy tarmoqda tarqaldi.

Suratda tunni navbat kutish bilan o‘tkazishga tayyorlanib kelgan xaridorlarni ko‘rish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Apple kompaniyasi 8 sentabr kuni yangi — iPhone 7 va 7 Plus smartfonlarini, shuningdek, Apple Watch 2 «aqlli» soatini rasman taqdim etdi. Smartfonning ranglari qatoriga Black — jiloli qora va Jet Black qoplamasi qo‘shildi, u antennalar ko‘rinmasligini ta'minlaydi.

Apple kompaniyasi 9 sentabr kunidan birinchi to‘lqin mamlakatlarida iPhone 7 va 7 Plus uchun oldindan buyurtmalar qabul qilishni boshlagandi.

Top