18:34 / 16.09.2016
6870

2016 yilning eng issiq oyi qaysi ekanligiga oydinlik kiritildi

Xalqaro meteokuzatuvlar xulosasiga ko‘ra 2016 yilning eng issiq oyi sifatida avgust e'tirof etilgan. Ushbu oyda havoning o‘rtacha harorati 1951-1980 yillarga qaraganda Tselsiy bo‘yicha 0,98 daraja yuqori bo‘lgan. Bu haqda Jahon meteorologiya tashkiloti xabar bermoqda.

"Odatda iyul oyi o‘ta yuqori haroratli oy bo‘ladi, ammo 2016 yilda uning o‘rnida avgust yilning eng issiq oyi sifatida e'tirof etildi, - dedi tashkilot vakili Kler Nyullis. – Joriy yilning avgust oyi harorati 2014 yilning shu oyiga qaraganda Tselsiy bo‘yicha 0,16 daraja yuqoriroq issiq bo‘ldi".

Tashkilot rasmiy vakilining ma'lumotiga ko‘ra, issiq havo harorati Yevropaning ayrim hududlarida sentabr o‘rtalarida ham davom etmoqda. Masalan, ana shunday holatlar Buyuk Britaniyaning Kent grafligida 34,4 darajani, Daniyada esa 29,9 darajani tashkil etgan.

Top