AQSh prezidenti Barak Obama Suriya hukumati Rossiya va AQSh tomonidan Suriya bo‘yicha kelishuvlar qabul qilinganidan keyin mintaqada zo‘ravonlik darajasi kamayganiga qaramasdan, aholiga gumanitar yuklarning yetkazilishiga to‘sqinlik qilayotganidan chuqur afsus bildirdi. Bu haqda Oq uy bayonotida aytildi.
Obama AQSh milliy xavfsizlik kengashi a'zolari bilan uchrashuvda AQSh Suriyada 7 kun ichida zo‘ravonlikning muntazam kamayishi va gumanitar yordamning muntazam yetkazilishi kuzatilmasa, Rossiya bilan kelishuvning keyingi amal qilishini qo‘llab-quvvatlamasligini aytdi.