15:49 / 17.09.2016
4968

Pekin marafonida Afrika vakillari g‘olib bo‘lishdi

Efiopiyalik yengil atletikachilar Gebre Mekuant Ainyu va Biru Mereset Mengistu Pekin xalqaro marafonida g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi. Tashkiliy qo‘mita ma'lumotlariga ko‘ra, mazkur yugurish musobaqasida 30 mingga yaqin sportchi qatnashgan. 

Erkaklar orasida birinchi bo‘lib finish chizig‘ini kesib o‘tgan. U 2 soat 11 daqiqa  soniyalik natija ko‘rsatgan. Mengistu esa 2 soat 25 daqiqa 56 soniya natija bilan ayollar orasida birinchi bo‘lgan. Deyarli barcha sovrinli o‘rinlarni egallagan efioplarga KXDRning birgina vakilasi O Yun Ok raqobat uyg‘ota olgan. U, ayollar orasida uchinchi o‘rinni egalladi. 

42,195 kmlik marafon Pekinning qoq markazidagi Tyananmen maydonidan shaharning shimolidagi Olimpiya sport majmuasida yakunlangan. Yo‘nalish XXR poytaxtining tarixiy yodgorliklari va diqqatga sazovor joylaridan o‘tgan. Shuningdek, 10 kmga yuugurish va yarimmarafon ham o‘tkazish rejalashtirilgan. 

Pekin marafoni 181 yildan beri har yili o‘tkazib kelinadi. Yugurish yo‘lagi Xalqaro yengil atletika federatsiyalari assotsiatsiyasi talablariga javob beradi. Unda jahon rekordi o‘rnatilishi mumkin. Erkaklar orasida efiopiyalik Tades Tola 2013 yilgi marafonda g‘alaba qozonib, 2 soat 7 daqiqa 16 soniyada finishga yetib kelib, jahon rekordini o‘rnatgan edi. Ayollar o‘rtasidagi eng yuqori natija 4 karra marafon g‘olibi xitoylik Sun Intszega tegishli. U, 2003 yili 2 soat 19 daqiqa 39 soniya natija ko‘rsatgan. 

Mavzuga oid
Top