Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp g‘alaba qozonsa Kuba bilan aloqalarni eski holiga qaytarishi mumkin
AQSh prezidentligi uchun Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Trampning bayonot berishicha, mabodo saylovlarda g‘alaba qozongudek bo‘lsa, AQShning hozirgi prezidenti Barak Obamaning Kuba bilan aloqalarni yaxshilashga doir barcha amalga oshirgan ishlarini bekor qilishi ehtimol, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi.
«AQShning bo‘lg‘usi prezidenti mamlakatlar o‘rtasidagi aloqalarni yaxshilashni muzlatib qo‘ya oladi. Va men, Kastro tuzumi shartlarimizni bajarmasa, shunday qilaman», — degan respublikachi Mayamida qilgan chiqishida.
Agentlikning qayd etishicha, Tramp Kuba rahbariyatidan diniy erkinlikni tiklash va siyosiy mahbuslarni ozod qilishni talab qilgan.
Mavzuga oid
14:06
OAV: AQSh ishchilar sinfi orasida Tramp reytingi rekord darajada tushib ketdi
10:25
Moskva: Kiyev AQSh rejasi bo‘yicha muzokaralarni to‘syapti
08:25
Vashington Kiyevga 15 yillik xavfsizlik kafolatlarini taklif qilmoqda
21:21 / 26.12.2025