21:20 / 17.09.2016
16679

O‘zbekistonlik hojilar haj ziyoratidan qaytib kelishmoqda

Bu yilgi haj ibodatini bajargan o‘zbekistonlik hojilarning bir guruhi Ona Vatanga qaytib kelishmoqda. Ular bugun, 17 sentabr kuni Toshkent xalqaro aeroportiga mahalliy vaqt bilan 22:00 va 18 sentabr soat 00:15 yetib kelishlari kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonlik ziyoratchilarning haj safari avgust oyida boshlangan, 24 avgust–4 sentabr kunlari o‘zbekistonlik 5200 nafar ziyoratchini «O‘zbekiston havo yo‘llari» charter reyslarida Toshkent–Madina, Buxoro–Madina, Samarqand–Madina, Qarshi–Madina, Namangan–Madina va Urganch–Madina yo‘nalishlarida haj safariga jo‘natish tashkil etilgan edi.

Top