18:05 / 18.09.2016
6912

«MYu» «Uotford»ga yutqazib, qatorasiga uchinchi mag‘lubiyatini qayd etdi

Bugun Angliya chempionatining 5-tur uchrashuvlari davom etmoqda.

Tur doirasidagi uchrashuvlardan birida «MYu» «Uotford» mehmoni bo‘ldi va 1:3 hisobidagi mag‘lubiyat bilan ortga qaytdi.

O‘yinning 34 daqiqasida mezbonlar hisobni ochishdi. Bu vaziyatda «MYu» hujumchisi Antoni Marsiyal raqib vakili Migel Britos bilan to‘qnashib, to‘pni yo‘qotdi. To‘pga ega chiqqan uchinchi bir futbolchi Daril Yanmat uni jarima maydonchasiga uzatdi va Eten Kapu hisobni ochdi. Bu uning beshinchi uchrashuvdagi to‘rtinchi goli bo‘ldi. Marsiyal esa jarohat olib, maydonni tark etdi va uning o‘rniga Eshli Yang tushirildi.

Ikkinchi bo‘limda, 62-daqiqada Reshford hisobni tenglashtirdi - 1:1.

O‘yinning 83-daqiqasida Suniga jamoasini oldinga olib chiqdi - 2:1.

O‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarda esa o‘yin hakami Maykl Olliver Marvon Fellayni jarima maydonchasi ichida qo‘pollik qilgan deb topdi va penalti belgiladi. Nuqtaga yaqinlashgan Troy Dini aniq harakat qilib, hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Natijada, Joze Mourino shogirdlari qatorasiga uchinchi mag‘lubiyatni tan olishdi. Shuningdek, bu «MYu» o‘z tarixida ilk marta «Uotford»ga yutqazishi bo‘ldi.

Endilikda manchesterliklar jamoasi 9 ochko bilan oltinchi o‘rinda. «Uotford» esa 7 ochko bilan sakkizinchi o‘rinda.

Uotford – Manchester Yunayted 3:1 
Gollar: 1:0 – 34 Kapu, 1:1 – 62 Reshford, 2:1 – 83 Suniga, 3:1 – 90+4 Dini (penalti)
Uotford – Gomes, Predl, Britos, Xolebas, Ketkart, Kapu (Suniga, 82), Bexrami, Pereyra, Yanmat (Amrabat, 51), Dini, Igalo.
Manchester Yunayted –    De Xea, Smolling, Bayi, Shou (Depay, 85), Valensiya (Mata, 62), Fellayni, Pogba, Reshford, Marsyal (Yang, 38), Runi, Ibragimovich.
Ogohlantirishlar: Pogba (75), Britos (77), Xolebas (77), Dini (86).

Mavzuga oid
Top