Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Nyu-Yorkdagi portlash yuzasidan 5 kishi qo‘lga olindi
Foto: AP
AQShda sodir bo‘lgan Nyu-Yorkdagi portlash yuzasidan 5 nafar kishi qo‘lga olindi. Bu haqida ABC News xabar berdi.
Nyu-York FQB va politsiyasi yakshanba kuni Nyu-York hamda Bruklinni birlashtiruvchi ko‘prikdagi harakatni vaqtinchalik to‘xtatib qo‘yganidan so‘ng qo‘lga olish ishlari amalga oshirildi.
Manbaga ko‘ra, 17 sentabr, shanba kuni kechqurun Manxettenning g‘arbiy qismi - Chelsi tumani, 23-ko‘cha, 6- va 7-avenyularning o‘rtasida portlash sodir etilgan. Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, 29 kishi jabrlangan, ulardan ba'zilarining jarohati jiddiy.
Yana bir portlash esa Nyu-Jyersi shtatida sodir etilgan.
Bundan tashqari, Nyu-York va Nyu-Jyersida portlashga ulgurmagan moslamalar ham topilgan.
Mavzuga oid
16:12 / 20.01.2026
Oltin va kumush narxi tarixiy eng yuqori ko‘rsatkichga ko‘tarildi
13:50 / 20.01.2026
Sizning JCh-2026 uchun chiptangiz: O‘zbekiston fuqarolari AQSh turist vizasini qanday olishlari mumkin?
11:33 / 20.01.2026
Tramp Makronga 200 foizlik boj kiritish bilan tahdid qildi
21:52 / 19.01.2026