22:04 / 20.09.2016
7160

Microsoft kompaniyasi Skype’ning barcha versiyalarini o‘chirib tashlaydi

Microsoft kompaniyasi Skype doirasida messenjerning turli versiyalarining o‘rnini bosadigan Skype for Life loyihasi ustida ish olib bormoqda, deb yozmoqda Ars Technica nashri. 

Nashrning ta'kidlashicha, aynan shu sababli Skype’ning Londondagi idorasi yopilib, undan yuzlab xodimlar bo‘shatilgan bo‘lishi mumkin.

Ma'lum qilinishicha, Microsoft dasturning barcha platformalardagi yagona ko‘rinishi va funktsionnalligini ta'minlamoqchi.

Yangi dastur Skype for Life’dan o‘zgacha nom bilan ham chiqishi mumkin. Uning ustida ish kompaniyaning Redmonddagi bosh qarorgohida olib borilmoqda. Shuningdek, Skype for Business versiyasi ham yaratilmoqda.

Bu ma'lumot hozircha kompaniya tomonidan tasdiqlanmagan.

 

Mavzuga oid
Top