18:59 / 20.09.2016
11762

Siyosatshunos: O‘zbekiston prezidentlik saylovini shaffof o‘tkazishdan manfaatdor

O‘zbekiston prezidentlik saylovini shaffof va oshkora o‘tkazishni xohlayotganini namoyish etayapti, degan fikrni bildirmoqda Sharqshunoslik instituti ilmiy xodimi Stanislav Pritchin.

O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov ma'lum qilganidek, prezidentlik saylovi shu yilning 4 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi. 

"Taklifnomalar, xususan YeXHT demokratik institutlar va inson huquqlari byurosiga ham yuborildi. Hozircha, bu byuro to‘liq tarkibda safar uyushtiradimi yoki avvalgi saylovlardagi kabi atigi 11 nafar kuzatuvchi keladimi, noma'lum", — degan  Pritchin "Rossiya segodnya" axborot agentligida bo‘lib o‘tgan davra suhbatida.

Uning qo‘shimcha qilishicha, "YeXHTdan tashqari, ShHT va MDHdan kuzatuvchilar bo‘ladi". 

"Ya'ni, O‘zbekiston saylovlarni, xorijlik kuzatuvchilar, qo‘shnilari va barcha, jumladan g‘arblik kuzatuvchilar uchun ham imkon qadar shaffof va oshkora o‘tkazishga urinmoqda", — deb hisoblaydi rossiyalik sharqshunos olim. 

Hozirgi kunga kelib, O‘zbekistonning barcha to‘rtta siyosiy partiyasi ham prezidentlik saylovi uchun hujjatlarini topshirgan. Saylov qonunchiligiga ko‘ra, prezidentlik saylovidan kamida 6 oy muqaddam ro‘yxatdan o‘tgan partiyagina nomzodini ilgari sura oladi.

 

Top