14:29 / 20.09.2016
6827

Suriya armiyasi Halabda jangarilarning keng ko‘lamli hujumini qaytardi

Suriya armiyasi bo‘linmalari Halab janubi-g‘arbida 20 sentabrga o‘tar kechasi «Jabhat an-Nusra» guruhi jangarilarining hujumini qaytardi. Bu haqda Suriyadagi dushman tomonlarni yarashtirish markaziga (Rossiya) tayanib TASS agentligi xabar bergan.

«Jabhat an-Nusra» jangarilari Halab janubi-g‘arbida hujumga o‘tishgan edi. Hujum natijasida jangarilar Shayx-Masud va Al-Shkeyf hududlarida hukumat qo‘shinlarini siqib qo‘yib, «Kastello» magistralining 1 km bo‘lagini qo‘lga kiritgandi. Jangarilar shuningdek, Suriya arab respublikasi qurolli kuchlarining hududdagi harbiy oliygohiga va 1070 kvartalda hujum qilgandi. 

«Qarshi hujum chog‘ida Suriya qo‘shinlari Rossiya harbiy-kosmik kuchlari yordamida «Jabhat an-Nusra» terrorchilari old otryadlarini tor-mor qildi, 4ta tank, 3ta piyodalar jangovar mashinasi, yirik kalibrli pulemyotlari bo‘lgan to‘qqizta pikap va 100 nafarga yaqin jangarini yo‘q qildi», — deyiladi xabarda.

Suriya armiyasi 19 sentabr kunining ikkinchi yarmida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha tuzilgan sulh muddati tugagani haqida ma'lum qildi. Suriya qurolli kuchlari bosh qo‘mondonligining fikricha, terrorchilar tinchlik rejimidan jangarilarni qayta guruhlash va hujumlarni davom ettirish maqsadida qurol-yarog‘ to‘plashda foydalandi.

Sulh tartibi 12 sentabr kunidan joriy etilgandi.

Sulh buzilganidan ko‘p o‘tmasdan Halab viloyatiga yuborilgan BMT ijtimoiy konvoyi o‘qqa tutildi. BMT matbuot kotibi Stefan Duyarichning so‘zlariga qaraganda, konvoy 31ta avtomobildan iborat bo‘lib, uning 18tasi o‘qqa tutilgan va o‘nlab kishilar halok bo‘lgan.

Mavzuga oid
Top