23:09 / 21.09.2016
6044

Snouden Allo messenjeridan foydalanishga qarshi chiqmoqda

AQSh maxsus xizmatlarining sobiq agenti Edvard Snouden tvitterda obunachilarni Google kompaniyasining yangi Allo messenjeridan foydalanmaslikka chaqirdi.

"Allo nima o‘zi? Siz tomondan yuborilgan har qanday xabarni yozib olib, uni so‘rov bo‘yicha politsiyaga taqdim qiluvchi dasturdir", deb aytdi Snouden.

Snouden foydalanuvchilarga Signal messenjeridan foydalanishni tavsiya qildi.

Bundan tashqari, Snouden WhatsApp’ni Telegram’dan xavfsizroq deb hisoblashini aytdi.

 

Mavzuga oid
Top