Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagonda husiylarga hujum Signal chatida muhokama qilingani yuzasidan tergov boshlandi
Qurolli kuchlar bo‘yicha qo‘mitaning ikki senatori Pentagon bosh inspektoridan maxfiy ma’lumotlar messenjerda muhokama qilingani bo‘yicha surishtiruv olib borishni so‘ragan.
Foto: Arlington Tours
Pentagon bosh inspektori vazifasini bajaruvchi Stiven Stebbins mudofaa vaziri Pit Hegset boshqa amaldorlar bilan Yamandagi husiylarga zarbalar berilishini Signal messenjeridagi chatda muhokama qilgani yuzasidan tergov boshlanganini e’lon qildi, deb yozmoqda Bloomberg.
Stebbinsning bayonotida aytilishicha, «tegishli tekshiruv» qonun chiqaruvchilar tomonidan tergov o‘tkazish to‘g‘risidagi so‘rovga javoban boshlangan. Oldinroq bosh inspektor vazifasini bajaruvchiga sodir bo‘lgan holat bo‘yicha «fakt va vaziyatni» o‘rganishni so‘rab, Qurolli kuchlar bo‘yicha qo‘mitaning ikki senatori — respublikachi Rojyer Uiker va demokrat Jyek Rid murojaat qilgandi.
Bloombergʼning qayd etishicha, odatda senatorlarning maktublari zudlik bilan tergov boshlanishiga sabab bo‘ladi. Ammo Donald Tramp yanvar oyida prezidentlik lavozimiga kirishganidan keyin Stebbinsdagi oldingi inspektor Robert Storchni bir nechta boshqa inspektorlar bilan birga lavozimdan olgandi.
The Atlantic bosh muharriri Jyeffri Goldberg 14 mart kuni Tramp ma’muriyatining yuqori martabali amaldorlari Yamandagi husiylarga zarbalarni muhokama qilgan maxfiy chatga qo‘shib qo‘yilganini ma’lum qilgan edi. Signal messenjeridagi chat ishtirokchilari orasida vitse-prezident Jyey Di Vens va Pentagon rahbari Pit Hegset ham bo‘lgan.
Milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi Mayk Uols ma’lumotlar sizib ketishi bo‘yicha mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgan — chatni o‘zi ochganini e’lon qilgan. Chatga qo‘shilish taklifi Goldbergga Uols nomidan kelgan.
AQShdagi milliy xavfsizlik va razvedka sharhlovchilari, ekspertlar davlat maxfiy harbiy rejalarining bunday tijoriy chatlarda muhokama qilinishini jiddiy tanqid ostiga olgan. Ularning nazdida bu operatsion xavfsizlikning misli ko‘rilmagan buzilishi. Harbiy operatsiyalar Signal orqali muhokama qilingani Shpionaj to‘g‘risidagi qonunga va davlat hujjatlarini saqlash tartibiga ham zid bo‘lishi mumkin. Chunki rasmiylar faqat himoyalangan, maxsus davlat kanallari orqali muloqot qilishi shart edi.
Mavzuga oid
13:27 / 14.03.2026
Tramp Putinning Erondan uranni Rossiyaga olib chiqish haqidagi g‘oyasini rad etdi
16:29 / 08.03.2026
Tramp Minobdagi qizlar maktabiga zarbada Tehronni aybladi
20:05 / 04.03.2026
Tramp va jamoasi Eronga qarshi urush sababini tushuntirishga urinmoqda
09:34 / 09.02.2026