10:29 / 22.09.2016
4393

OAV: Gretsiya hukumati turkiyalik inqilobchilarga boshpana berishdan bosh tortdi

Gretsiya sudi Turkiyada davlat to‘ntarishi qilishga uringanlarga boshpana berishni rad etdi. Bu haqda Daily Sabah gazetasi yozmoqda.

Gazeta bergan ma'lumotlarga ko‘ra, hukumat Turkiyada 15 iyul kuni sodir etilgan davlat to‘ntarishiga urinishdan so‘ng, ruxsatsiz chegarani kesib o‘tgan va Aleksandrupolis shahriga qo‘ngan sakkiz nafar harbiyga boshpana berishdan bosh tortgan.

Bu shaxslar “mamlakatga noqonuniy ravishda kirib kelganliklari” uchun uch oyga hukm qilingan edi, ammo keyinroq sud bu qarorni uch yilga o‘zgartirdi. Hukumat, shuningdek, boshpana masalasi ko‘rib chiqilgunga qadar ularni hibsda ushlab turishga ham qaror chiqargan.

Mavzuga oid
Top