Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston prezidenti Qustanayda mahalliy elektromobilni sinab ko‘rdi
Qozog‘iston rahbari Nursulton Nazarboyev amaliy tashrif bilan respublikaning Qustanay viloyatida bo‘lgan. U, bu yerda bir qancha ishlab chiqarish quvvatlari, avtomobil ko‘rgazmasiga ham tashrif buyurib, mahalliy zavodlarda ishlab chiqilgan elektromobilni shaxsan sinab ham ko‘rgan.

U viloyatning qator sanoat korxonalari rahbarlari bilan uchrashib, muhim sanoat yo‘nalishlariga urg‘u bergan. Jumladan «JasKanat-2006» (parrandachilik fabrikasi) faoliyati qayta yo‘lga qo‘yilganini olqishlagan.
Bundan tashqari, prezident qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqaruvchi Kanada bilan hamkorlikda tashkil etilgan «Don Mar» qo‘shma korxonasi faoliyati bilan qiziqqan.
Davlat rahbarini elektromobillar ko‘rgazmasi juda qiziqtirgan. Qisqa nutqdan so‘ng, Nazarboyev shaxsan rulga o‘tirib, mashinani sinab ko‘rgan.
Davlat rahbari, Oq o‘rda matbuot xizmatining xabar qilishicha, viloyatdagi boshqa yirik ishlab chiqarish birlashmalari bilan ham tanishgan.



Mavzuga oid
17:44 / 02.10.2025
Telegram Qozog‘istonda ofisini ochdi
10:00 / 30.09.2025
Baxtiyor Saidov Qozog‘istonning yangi tashqi ishlar vazirini tabrikladi
23:09 / 29.09.2025
“Raqobat kayfiyati integratsiyaga soya soladi” - ekspertlar qozoq mediasi haqida
15:20 / 29.09.2025