20:59 / 23.09.2016
8925

Turkiya hukumati Fathulla Gulenning qarindoshini hibsga oldi

Turkiyada muxolif imom Fathulla Gulenning ayol qarindoshi – Amina A. hibsga olindi. Bu haqda Anadolu axborot agentligi ma'lum qildi. 

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, ayol Erdemit shahridagi uyida ushlangan. Ma'lum qilinishicha, xavfsizlik xizmati xodimlari ayol AQShga qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirishda qo‘llagan bo‘lishi mumkin bo‘lgan mobil telefonni qo‘lga kiritishgan. Bundan tashqari, ayolning uyida katta miqdorda mamlakatda taqiqlangan Gulenning kitoblari topilgan. 

 

Top