17:45 / 24.09.2016
7023

Halabda 2 million kishi suvsiz qoldi

BMT shafeligida faoliyat yurituvchi xalqaro YUNISEF gumanitar tashkilotining ma'lum qilishicha, Suriyaning Halab shahridagi 2 mlnga yaqin aholisi janglarning davom etayotgani sababli suv ta'minotidan mahrum bo‘lgan. 

«Halabning sharqiy tumanlarida istiqomat qiluvchi 250 ming aholiga ichimlik suv yetkazib beruvchi Bab-al-Nayray suv minorasi zararlangan. Zo‘ravonliklar ta'mirlash guruhlarining stansiyani tuzatish ishlariga to‘sqinlik qilayapti. Bundan tashqari, shahar sharqidagi Sulaymon-al-Xalabiy suv stansiyasi ham yopilgan. Shahar g‘arbidagi 1,5 mln kishiga suv yetkazib berish tarmoqlari ham to‘silgan», — deyiladi tashkilot xabarida. 

Tashkilotning qayd etishicha, ichimlik suvlarning bunday tanqisligi xususan, bolalar orasida kasalliklarning avj olishiga sabab bo‘lishi mumkin. Chunki odamlar mahalliy quduqlardagi ifloslangan suvlarni ichishga majbur bo‘lishadi. 

YUNISEFning ma'lum qilishicha, tashkilot shaharda muhtoj bo‘lganlarga ichimlik suvi yetkazib berishni ko‘paytirishni rejalashtirayapti. Biroq, bu uzoq istiqbolli muammoni hal etmaydi. 

Mavzuga oid
Top