10:12 / 24.09.2016
8429

Putin Moskva shahri ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ini o‘zgartirdi

Moskva shahri ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Anatoliy Yakunin o‘z lavozimini tark etdi. Bu lavozimga Rossiya prezidenti farmoniga ko‘ra, Yakuninning o‘rinbosari general-mayor Oleg Baranov tayinlandi. Tegishli farmon 23 sentabrda Putin tomonidan imzolandi. 

General-leytenant Yakunin Putinning boshqa farmoniga ko‘ra Rossiya ichki ishlar vazirligining tezkor boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. 

Yakunin Moskva ichki ishlar boshqarmasini 2012 yil iyunidan beri boshqarib kelgan. Bungacha ushbu lavozimni hozirgi ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokoltsev egallagan.

 

Top