16:52 / 25.09.2016
9614

Erdo‘g‘an Raqqani ozod etishda AQSh bilan hamkorlik qilishi uchun shartini aytdi

Turkiya Suriyaning Raqqa shahrini ozod qilish uchun harbiy amaliyot boshlashi kutilayotgan AQSh boshchiligidagi harbiy koalitsiyaga qo‘shilishni istaydi. Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning aytishicha, bu agar bu jarayonga kurdlar ham jalb etilmasa ro‘y beradi.

"Ittifoqchilikda harakat qilish biz uchun juda muhim ish. Agar AQSh bu amaliyotlarga PYD va YPG (kurdlarning "Demokratik ittifoq" partiyasi hamda Suriya kurdlarining milliy mudofaa lashkarlari - tahr.)ni jalb etmasa, biz AQSh bilan bir safda jang qilishga tayyormiz", deya Erdo‘g‘anning so‘zlarini keltirgan nashrlar.

Avgust oyi oxirida Turkiya va uning Suriyadagi ittifoqchilari mamlakat shimolida IShIDga qarshi "Frot qalqoni" nomi ostida harbiy amaliyot boshlagandi. Keyinchalik ma'lum bo‘ldiki, bu amaliyotlar kurdlarga ham qarshi qaratilgandi.

Top