Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
4 dekabrda Qirg‘izistonda referendum o‘tkazilishi mumkin
© Fotolia
Qirg‘iziston parlamenti 29 sentabr kungi majlisida mamlakat konstitutsiyasiga o‘zgartish kiritish bo‘yicha umumhalq referendumini o‘tkazish muddatini 4 dekabrga tayinlash masalasini ko‘rib chiqadi. Bu haqda, qonun chiqaruvchi organ matbuot xizmatiga asoslangan holda RIA Novosti agentligi ma'lum qilgan. Referendum o‘tkazishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi parlament muhokamasiga kiritilgan.
Mamlakat prezidenti yetakchiligidagi qator partiyalar Qirg‘iziston konstitutsiyasini o‘zgartirish tashabbusini ilgari surishgan. Aslida, Venetsiya komissiyasi tomonidan ma'qullangan va 2010 yilgi umumxalq referendumida qabul qilingan hozirgi konstitutsiyasida uni 2020 yilgacha o‘zgartishni taqiqlovchi modda mavjud.
Ammo, tashabbuskor guruhning fikricha, "o‘zgarishlar Qirg‘iz respublikasi suverenineti va mustaqilligi, mamlakat parlamentini mustahkamlashga, qonun chiqaruvchi va ijro hokimiyatlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik qoidalariga, shuningdek, sud va huquq-tartibot idoralari islohotini o‘tkazish uchun konstitutsiya asoslarini barpo etishga xizmat qiladi", — deyiladi qonun loyihasida.
Qayd etilishicha, Asosiy qonunni o‘zgartirishga qarshi "moratoriy" faqatgina mamlakat parlamentiga tegishlidir. Qirg‘iziston xalqining vakolati esa, "davlat hokimiyatining yagona manbai sifatida", "hech qanday normativ-huquqiy akt" bilan cheklanmagan va referendum orqali konstitutsiyaga o‘zgartirish kirita oladi.
Mavzuga oid
20:56 / 16.01.2026
Qirg‘izistonda telekanallarga rus tilidagi kontent namoyishi qisman cheklandi
19:07 / 13.01.2026
O‘zbekistonda sud qanchalik mustaqil va erkin? – faollar bilan suhbat
19:20 / 12.01.2026
Makkada qirg‘izistonlik ziyoratchilar uchun bepul mehmonxona qurilishi boshlandi
18:09 / 07.01.2026