09:49 / 26.09.2016
7682

Tramp Quddusni Isroilning poytaxti deb tan olmoqchi

AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Donald Tramp Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan Nyu-Yorkdagi uchrashuvda prezidentlik saylovlarida g‘olib bo‘lsa, Quddusni Isroilning poytaxti deb tan olmoqchiligini aytdi.

Bu haqda Trampning saylovoldi kampaniyasi saytidagi bayonotda chop etildi.

"Janob Tramp Quddus yahudiy xalqining 3 ming yildan ko‘proq vaqt mobaynida abadiy poytaxti bo‘lganini va Tramp prezident bo‘lsa AQSh ma'muriyati kongressning Quddusni Isroilning ajralmas poytaxti deb tan olinishi haqidagi azaliy qarorini qabul qilishini tan oldi", deyilmoqda xabarda. 

Tramp va Netanyaxu AQSh va Isroil o‘rtasidagi munosabatlarni, jumladan harbiy yordam, Isroildagi xavfsizlik va barqarorlikni muhokama qilishdi.
 

Top