10:59 / 27.09.2016
7047

Klinton: Tramp meni barcha og‘ir gunohlarda ayblamoqda

AQSh prezidentligi uchun saylovoldi tadbirlari doirasidagi ilk teledebat — respublikachilar vakili Donald Tramp va demokrat Hillari Klinton o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Debat chog‘ida Klinton raqibi o‘zini barcha muammolar uchun aybdor qilib ko‘rsatayotgani haqida gapirdi.

«Menda shunday hissiyot paydo bo‘ldiki, meni bugun barcha o‘limlarda va barcha og‘ir gunohlarda ayblashdi», — deya xitob qilgan Klinton.

Bunga esa Tramp shunday javob qaytargan: «Nega shunday bo‘lmasligi kerak ekan?»

«Biz ideal siyosatchini tinglaymiz. Quruq so‘zlar, harakatlar esa yo‘q. Shundayiga yaxshi eshitiladi — ishlanmayapti», — deya muhokamani davom ettirgan respublikachilar vakili.

Bundan oldinroq Donald Tramp  Hillari Klinton IShIDga qarshi rejasi haqida gapirib, terrorchilarni oldindan ogohlantirish orqali ularga yordam ko‘rsatib qo‘yishini aytgani xabar qilingandi.

Top