16:53 / 27.09.2016
73438

Tarixning zarhal sahifasi: O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov o‘z ustozi bilan

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov hayotiga bag‘ishlangan hujjatli filmdan parcha tarqatildi. Jurnalist Komiljon Shamsiddinov muallifligida hamda Akrom Mahkamov rejissyorligida suratga olingan bu "E'zoz" nomli filmdan olingan bu parchada Islom Karimov o‘z ustozi bilan uchrashgani ko‘rsatilgan.

1999 yilning 22 dekabri. Hukumat majlislaridan birida 90 yoshga yaqinlashgan otaxon otashin nutq so‘zladi. 

“Men 63 yil o‘qituvchilik qildim, oradan 45 yil o‘tib, o‘quvchilarim, ya'ni sizning sinfdoshlaringizning umumiy tushgan suratini taqdim etaman”. 

U shunday deb O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovga o‘zi bilan olib kelgan fotojamlanmani taqdim etdi. Butun zalni qarsak, olqish ovozi tutdi.

Bu Islom Karimovni o‘qitgan, unga harf tanitgan, ilm yo‘lida qo‘lini tutgan ustozi edi...

Top