22:29 / 27.09.2016
6172

Xiaomi flagmanlari ultratovushli barmoq izlari skaneriga ega bo‘ldi

Xiaomi kompaniyasi yangi Xiaomi Mi 5s va 5s Plus smartfonlarini namoyish qildi. Bu haqida ishlab chiqaruvchining saytida ma'lum qilindi. 

Yangi devayslar ultratovushli Qualcomm Sense ID barmoq izlari skaneri bilan boyitilgan.

Xiaomi Mi 5s qurilmasi 5,15 dyuymli Full HD displey, 12 Mp'li asosiy kamera va 4 Mp'li old kamera bilan ta'minlangan. Smartfon ikki modifikatsiyada taqdim etilgan - 3 Gb operativ va 64 Gb flesh-xotira, shuningdek 4 Gb operativ va 128 Gb flesh-xotira. 

Ilg‘or model kattalashgan - 5,7 dyuymli displey va 13 Mp'li ikki kamerasi bilan ajralib turadi. Xiaomi Mi 5s Plus 4 Gb operativ va 64 Gb flesh-xotira, shuningdek 6 Gb operativ va 128 Gb flesh-xotira versiyalarida taklif qilinadi. 

Smartfonlar 29 sentabrdan Xitoyda sotuvga chiqadi. Xiaomi Mi 5s qurilmasi narxi - 299 va 344 dollar. Xiaomi Mi 5s Plus'ning ikki versiyasi bahosi - 344 va 389 dollar.  

 

Mavzuga oid
Top