20:21 / 28.09.2016
6678

Donald Trampning boyligi 1 yilda 800 mln dollarga kamaydi

AQSh prezidentligi uchun respublikachilar partiyasidan nomzod bo‘lmish Donald Trampning boyligi ayni vaqtda 3,7 mlrd dollarni tashkil qiladi. Bu esa 1 yil oldingidan 800 mln dollarga kamroq. Bu ma'lumot Forbes jurnali tomonidan keltirilgan.

Nashr xabariga ko‘ra, Trampning boyligi kamayishiga Nyu-York bozorida ko‘chmas mulkning arzonlashuvi tufaylidir. Jurnal ma'lumotiga ko‘ra, bu yilda milliarderning 28ta aktivlaridan 18tasining qiymati tushgan.

Xususan, Beshinchi avenyudagi "Tramp-tauer", Uoll-stritdagi 70 qavatli bino, "Tramp-bilding", Palm-bichdagi (Florida shtati) "Mar-o-Lago" nomli plyaj klubi shular jumlasidandir.

Xabar qilinishicha, Tramp yuristlari maslahati bilan o‘z soliq hisobotlari haqidagi ma'lumotlarni e'lon qilishni istamagan.

Top