Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi ishonch yorliqlarini topshirdi
2016 yilning 28 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Fransiya Respublikasining yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi Violen Biyet de Vilmorni qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston TIV sayti xabar bergan.
Elchi ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy va boshqa sohalarda samarali hamkorlik barpo etilganligi hamda turli daraja va yo‘nalishlarda muntazam aloqalar o‘rnatilganligi ta'kidlandi.
Ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi hamkorlik masalalari O‘zbekiston-Fransiya kun tartibida alohida o‘rin egallaydi.
Joriy yilning 30 iyul kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning 6-majlisida sanoat, transport va farmakologiya sohalarida o‘zaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan qator ikki tomonlama hujjatlar imzolandi.
Muloqot davomida Fransiya elchixonasining yangi rahbari O‘zbekistonga mamlakatlarimiz o‘rtasidagi serqirra aloqalarni yanada rivojlantirishga o‘zining munosib hissasini qo‘shish maqsadida kelganligini ta'kidladi.
Mavzuga oid
11:33
Tramp Makronga 200 foizlik boj kiritish bilan tahdid qildi
20:54 / 18.01.2026
Makron AQShga qarshi javob choralari ko‘rishni taklif qilmoqda
14:45 / 14.01.2026
Le Pen apellyatsiyasi: prezidentlik saylovi masalasi sudda hal bo‘ladi
13:37 / 14.01.2026