Jahon | 15:40 / 29.09.2016
10796
2 daqiqa o‘qiladi

Ekologlar bong urmoqda: Yer sayyorasidagi is gazi ko‘rsatkichi 400 ppm darajasidan oshib ketdi

2016 yil sentabr oyida Yer atmosferasidagi SO2 gazi (is gazi) ulushi belgilangan me'yor 400 ppm (millionga bir) raqamini ortda qoldirgan. Bu esa, rivojlangan mamlakatlarning Yer umumiy haroratini 2 daraja ko‘tarilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha zimmalariga olgan majburiyatlari ijrosini shubha ostiga qo‘yadi. Bu haqda, Scientific American jurnali olimlar fikriga tayangan holda so‘z yuritmoqda

Bu raqam avval ham bir necha bor yuqoriga ko‘tarilgan, biroq sentabr oyi odatda, Shimoliy yarim shardagi SO2 miqdori eng past oy hisoblangan. Bu holat yashil o‘simliklarning sentabrga kelib, havodagi is gazlarini qayta ishlashga muvaffaq bo‘lishi bilan izohlanadi. Shu sababli, aytish mumkinki, agar 400 ppm sifatida belgilangan me'yor aynan sentabr oyida ko‘tarilsa, aytish mumkinki, boshqa oylarda bu raqam hech qachon pasaymaydi. 

«Oktyabr oyida bu ko‘rsatkich sentabrga qaraganda kamayishi mumkinmi? Yo‘q, umuman mumkin emas, — deydi o‘z savoliga o‘zi javob bergan San-Diyego okeanshunoslik instituti xodimi Ralf Kiling. — Qisqa pasayishlar kuzatilishi ehtimol, ammo oylik o‘rtacha raqamlar 400 ppm me'yoridan ortiq bo‘ladi».

Mavzuga oid