07:07 / 29.09.2016
11197

G‘arb OAV: AQSh Suriya qo‘shinlariga hujum qilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda

AQSh ma'muriyati Suriyadagi nohukumat qo‘shinlarini harbiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish variantlari, jumladan Suriya rasmiy qo‘shinlariga zarbalar berish imkoniyatini o‘rgana boshladi. Bu haqda AQSh ma'muriyatidagi manbalarga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda. 

Manbalarning aytishicha, ushbu masala muhokamasi mutaxassislar tomonidan olib borilmoqda va AQSh prezidenti ma'qulloviga hali aniq takliflar bildirilmagan.

Ushbu qarorga AQSh Rossiya bilan Suriya masalasi bo‘yicha munosabatlarda keskinlik vujudga kelganini aytgandan keyin qabul qilingan. AQSh davlat kotibi Jon Kerri Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan telefon orqali suhbatda AQSh Suriya bo‘yicha hamkorlikni to‘xtatmoqchi ekanligini ma'lum qilgan. 

 

Mavzuga oid
Top