09:02 / 01.10.2016
5945

Yevropa koinot agentligining Rosetta stansiyasi yo‘q qilib yuborildi

Yevropa koinot agentligi (YeKA) Rosetta avtomatik stansiyasini Churyumov-Gerasimenko kometasi bilan 30 sentabrda Toshkent vaqti bilan 15:40 da to‘qnashtirib, ushbu missiyani yakunladi. Qurilmadan Yergacha signal 40 daqiqa kelib turgan. Bu haqda YeKA saytida ma'lum qilindi. 

Rosetta missiyasi davomida bir necha muhim natijalar olindi. Olimlar kometaning qurilishini aniqlash, uning xaritasini tuzish, uning sirtidan Quyoshga yaqinlashgani sari modda kamayishi tezligini aniqlash hamda Yerdagi suv kometa kelib chiqishiga egaligi dargumonligini qo‘rsatishga muvaffaq bo‘ldilar.    

Rosetta stansiyasi fazoga 2004 yil yuborilgan. U 10 yildan ko‘proq vaqt ichida o‘zining yakuniy manzili – P67/Churyumov-Gerasimenko kometasiga yetib kelgan. Kometa yadrosini tadqiq qilish uchun qurilma bortida rejalashtirilgan tadqiqotlarni o‘tkazishda zarur bo‘lgan 11 ta tizim bilan jihozlangan Philae zondi bo‘lgan.

Top