Jahon | 17:14 / 01.10.2016
14310
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston Prezidentning kelishini kutmoqda

Foto: RIA

Moskvadagi Markaziy klinik shifoxonada davolanish kursidan o‘tgan Qirg‘iz Respublikasi prezidenti Almazbek Atambayev bugun 1 oktabr kuni vataniga qaytib keladi, deya xabar qilmoqda RIA Novosti agentligi Qirg‘iziston prezidenti apparati vakiliga asoslangan holda. 

"Prezidentning shanba kuni vataniga kelishi kutilayapti", — degan agentlik suhbatdoshi.
 
Avvalroq, Qirg‘iziston Respublikasining Moskvadagi elchisi matbuot kotibasi Gulbarchin Bayimbetova prezident Atambayev davolanib bo‘lgani va "uning ahvoli yaxshi" ekanini aytgan edi.

Mavzuga oid