Jahon | 12:53 / 01.10.2016
9809
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya BMT Xavfsizlik Kengashini boshqardi

© AP Photo

1 oktabrdan boshlab Rossiya BMT Xavfsizlik Kengashini boshqaradi. Aynan mana shu oyda BMT Bosh kotibi nomzodiga saylov jarayoni yakunlanishi ehtimoli bor.

XKning birinchi yig‘ilishi oylik ish dasturi kelishib olingach, 3 oktabrda bo‘lib o‘tadi. Ayni damda Rossiyaning BMTdagi doimiy vakolatxonasida 20ta majlis o‘tkaziladi. Kengash oktabr oyida muhokama qiladigan mavzular Afrikadagi ziddiyatlar: Sudanning Durfuridagi vaziyat, Kongo demokratik respublikasi, Mali, Markaziy Afrika respublikasi, Janubiy Sudan, shuningdek, Yaqin Sharq muammosi: Suriya, Livan, Yaman bo‘ladi. Yaqin Sharqdagi vaziyatni barqarorlashtirishga bag‘ishlangan har kvartallik muzokaralar 19 oktabrda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
5 oktabrda Xavfsizlik Kenashida BMT Bosh kotibligiga yangicha formatda ovoz berish bo‘lib o‘tadi. 

Ma'lumot uchun: BMT XK 15 davlatdan iborat: 5 doimiy va 10 doimiy bo‘lmagan a'zolar. Ular har ikki yilda saylanishadi. Ayni damda Xavfsizlik Kengashiga Angola, Venesuela, Misr, Ispaniya, Malayziya, Yangi Zelandiya, Senegal, Ukraina, Urugvay, Yaponiya doimiy bo‘lmagan vakillardir. Kengashning doimiy a'zolari Buyuk Britaniya, Xitoy, Rossiya, AQSh va Fransiya hisoblanadi.
 

Mavzuga oid