09:41 / 02.10.2016
7826

Britaniyalik deputat bokschining o‘limi sababli boks qoidalarini o‘zgartirishga chaqirdi

Britaniyalik deputat Pol Flinn shotlandiyalik bokschi Endi Touell jangda olingan jarohatlar sababli 1 oktabrda vafot etgandan keyin boks qoidalarini o‘zgartirishni talab qilib chiqdi, deb xabar bermoqda The Guardian.

"Boksning yagona maqsadi – raqibni behush holatga keltirish. Biz bu sport turi qoidasini o‘zgartirishga majburmiz va oxir-oqibat bosh – tananing eng zaif a'zosi ekanligini anglashimiz kerak. Bizning vazifa sportchilarni himoyalash va zarbalar oqibatida boshga yetkaziladigan jarohatlar sonini minimallashtirishdan iborat", deb aytdi Flinn.

O‘z navbatida, Britaniya tibbiyot uyushmasi va Butunjahon tibbiyot uyushmasi boksni taqiqlashga chaqirmoqda.

1 oktabrda Touell Deyl Evansga qarshi jangda olgan jarohatlardan shifoxonada vafot etdi. Jangning 1-raundida Evans Touellni nokdaunga, 5-raundda esa nokautga yuborgan. Shundan keyin jang to‘xtatilib, Touell ringdan zambillarda olib ketilgan va shifoxonaga yetkazilgan. Afsuski, shifokorlar uning hayotini saqlab qolisha olmagan.

Keyinroq ma'lum bo‘lishicha, bokschi oxirgi bir necha hafta bosh og‘riqlaridan shikoyat qilib yurgan, biroq uning yon atrofidagilar buni jang oldidan stressga yo‘yishgan.

Mavzuga oid
Top