Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya AQShning Suriya bo‘yicha hamkorlikni to‘xtatish qaroridan afsuslanish bildirdi
Rossiya tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova Moskva Vashingtonning Suriyada tinchlikni o‘rnatish bo‘yicha hamkorlikni to‘xtatish qaroridan afsuslanish bildirishini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.
"Vashingtonning Jyenevadagi mutaxassislar guruhi ishini to‘xtatish, mutaxassislarni ortga chaqirtirish va ixtiloflarni bartaraf etish sohasi bilangina cheklanishidan afsuslanish bildiramiz", deb aytdi Zaxarova.
Zaxarovaning aytishicha, Vashington Suriya bo‘yicha asosiy kelishuvlarni bajara olmadi va endi javobgarlikni kimningdir zimmasiga yuklamoqchi.
"Vashingtonning harakatsizligi bu vaqt ichida jangarilarning qayta guruhlashishi, qurol-aslaha olishi, o‘z zaxiralarini safarbar qilishiga olib keldi", deb ta'kidlab o‘tdi Zaxarova.
Avvalroq AQSh Davlat departamenti matbuot xizmati rahbari Jon Kirbi AQSh Rossiya bilan Suriyada o‘t ochishni to‘xtatishni qo‘llab-quvvatlash uchun yaratilgan "ikki tomonlama kanallardan" foydalanishni to‘xtatayotganini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
20:49
Amerika investitsiya fondi Rossiya imperiyasi qarzlari bo‘yicha Rossiyadan 225 milliard dollar talab qildi
20:39
Grenlandiya necha pul turadi?
16:57
“AQShning Eronga dushmanligi eng avj nuqtasiga chiqdi” – Eronning O‘zbekistondagi elchisi bilan suhbat
15:11