Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda Hilton mehmonxonasi faoliyatini boshlashi mumkin
Toshkentda kelasi yili butun dunyoga mashhur Hilton brendi ostida faoliyat yurituvchi mehmonxona paydo bo‘lishi mumkin. Bu haqda, Sputnik agentligining "O‘zbekturizm"dagi manbasi ma'lum qilgan.
2014 yilda Hilton xalqaro mehmonxonalar tarmog‘i vakillari bilan poytaxt biznes-markazida joylashgan International Hotel Tashkent mehmonxonasini ularning boshqaruviga o‘tkazish borasida kelishuvga erishilgandi. "O‘zbekturizm" vakilining ma'lum qilishicha, bugungi kunda International Hotel Tashkent mehmonxonasining chap qanotida Hilton standartlari bo‘yicha ta'mirlash ishlari olib borilmoqda.
"Hiltonning me'yoriy talablaridan biri binoni yagona timsoliga mos ravishda ta'mirlashdir. Rekonstruksiya ishlari Hilton talablariga muvofiq olib borilmoqda, kelasi yili ishlar yakuniga yetganidan keyin mehmonxona ushbu brend ostida ishlay boshlaydi. Barcha ishlar qachon yakuniga yetishi haqida aniq aytish qiyin, lekin muntazam ish olib borilayapti", — degan agentlik manbasi.
Eslatib o‘tamiz, 1997 yildan boshlab ushbu mehmonxonani InterSontinental xalqaro mehmonxonalar tarmog‘i boshqargandi. 2012 yil mayida O‘zbekiston hukumati va InterSontinental vakillari inshootni boshqarish bo‘yicha shartnomani uzaytirish borasida kelisha olmagandi.
Mavzuga oid
20:18 / 15.01.2026
Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda jamoat transporti harakati sxemasi o‘zgartiriladi
12:08 / 14.01.2026
102 ga qo‘ng‘iroq qilib, “Trampga chora ko‘rishni” so‘ragan fuqaro ma’muriy jazoga tortildi
15:29 / 13.01.2026
Qoraqalpog‘iston va Toshkentda qalbaki dollar o‘tkazmoqchi bo‘lganlar ushlandi
23:15 / 11.01.2026