Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya Mo‘sul va Raqqadagi harbiy amaliyotlarga qo‘shilishi shartini ma'lum qildi
Turkiya bosh vaziri o‘rinbosari Numan Kurtulmush ma'lum qildiki, turkiyalik harbiylar Suriyaning Raqqa shahrini hamda Iroqning Mo‘sul shahrini IShIDdan ozod etishda ko‘mak berishga tayyor. Buning uchun talab qilinadigan shart shuki, harbiy harakatlarda Suriyadagi kurdlar ishtirok etmasligi kerak bo‘ladi.
"Agar Mo‘sul va Raqqada amaliyotlar boshlansa, janglarda mahalliy kuchlar ishtirok etishi, ularni koalitsiya kuchlari yordam berishi kerak. Lekin Turkiya jangarilardan ozod etilgan hudud boshqa bir jangari guruhga qoldirilishini aslo istamaydi. Turkiyaning bu janglarda ishtirok etishi uchun qo‘yiladigan asosiy sharti - bu amaliyotlarga Suriya kurdlarining lashkarlari aralashtirilmasligidir. Manbijdan kurdlarning bir qismi chekindi, lekin biz Frotning sharqiy qirg‘og‘ida kurdlar qolmasligini istaymiz", deya Kurtulmushning so‘zlarini keltirgan RIA Novosti.
1 oktabr kuni Turkiya parlamenti mamlakat armiyasining Suriya va Iroqdagi operatsiyalarda qatnashish vakolatini 13 oy muddatga uzaytirgandi.
Turkiya qo‘shinlari Suriya va Iroqda IShID jangarilariga qarshi operatsiyalarda ishtirok etmoqda, ammo, bundan tashqari, ular Turkiyada terrorchilik tashkiloti deb hisoblanadigan Kurdiston ishchilar partiyasi obektlariga ham zarbalar bermoqda.
Mavzuga oid
21:45 / 16.10.2019
Asad armiyasi IShIDning Suriyadagi «poytaxti» bo‘lgan Raqqaga 5 yil ichida ilk bor kirdi
00:35 / 10.01.2018
Mo‘sulda qo‘lga olingan IShID jallodi pora evaziga qo‘yib yuborildi – OAV
00:43 / 21.12.2017
Mo‘sulni ozod qilish vaqtida halok bo‘lgan tinch aholining haqiqiy soni ma'lum qilindi
11:20 / 18.11.2017