18:07 / 06.10.2016
6091

Google maktab o‘quvchisining 100 ming yevrolik qarzini kechib yubordi

Foto: Reuters

Google korporatsiyasi reklama xizmatidan noto‘g‘ri foydalangan ispaniyalik o‘quvchining 100 ming yevrolik qarzidan o‘tdi. Bu haqda El Pais xabar bermoqda.

12 yashar bloger Xose Xaver o‘zining Youtube'dagi kanali yordamida AdSense maydoni orqali pul topmoqchi bo‘ldi. Ammo u xato tufayli Google'ning mijozlar reklama xarid qiladigan servisi – AdWords'ga ulanib qoldi. 

Xose Xaver maydonga hisobida ikki ming yevro atrofidagi mablag‘ bo‘lgan hisob-raqamini kiritadi. Onasining so‘zlariga ko‘ra, ota-onasi bu pullarni unga kelajakda asqatib qolishi uchun berishgan. Yakunda Xaver reklamadan kutilgan daromad o‘rniga servisdan umumiy qiymati 100 ming yevrolik hisob olgan. Ispaniyadagi Google vakillari vaziyatni tahlil etgan va maktab o‘quvchisining oilasidan ushbu pullarni undirmaslikka qaror qilgan. 

«Biz vaziyatni o‘rganib chiqdik. AdWords’dagi joriy balans nolga tenglashtirildi», — deyiladi korporatsiya bergan xabarda.
 

Top