21:39 / 06.10.2016
19819

Poroshenko Putinga Ukraina mustaqilligi uchun minnatdorchilik bildirdi

Foto: depositphotos.com

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Rossiya prezidenti Vladimir Putin tufayli Ukraina mustaqil davlat sifatida tug‘ilib, shakllanganini aytdi. U bu haqda 6 oktabrda talabalar bilan uchrashuvda aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda "112 Ukraina" telekanali.   

"Putinga bizda ko‘p yo‘nalishlik yo‘qligi uchun minnatdor bo‘lish mumkin. Men noto‘g‘ri qabul qilinishi mumkin bo‘lgan narsani aytishim mumkin, bizning davlat ikkinchi yoki uchinchi marta aynan hozir tug‘ildi. Biz buning shohidlari va yaratuvchilarimiz", deb aytdi Poroshenko.

Uning fikricha, Ukraina millati oxirgi yillarda donoroqqa aylangan. Poroshenkoning aytishicha, 2013 yilda Ukrainaning NATOga kirishini 13 foiz fuqarolar qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsa, hozirda bu ko‘rsatkich 54 foizga yetdi. "Yevrointegratsiyani 32 foiz ukrainaliklar qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsa, hozirda ularning 70 foizi rivojlanishning yevropacha yo‘nalishini yoqlamoqda", deb ta'kidlab o‘tdi Ukraina prezidenti. 

17 sentabrda Vladimir Putin Moskva Ukrainani "mustaqil, iqtisodiy va barcha tomonlama kuchli davlat" sifatida ko‘rishni istashini aytgandi. Putinning aytishicha, bu vaziyatda Rossiya ishonchli va barqaror hamkorga ega bo‘ladi. Putin bu Rossiyaning milliy manfaatlariga to‘g‘ri kelishini, biroq Moskva bunga bir tomonlama erisha olmasligini ta'kidlab o‘tgan.   

O‘sha kuniyoq Ukraina bosh vaziri Vladimir Groysman Kiyev o‘z shartlari bo‘yicha Moskva bilan mutlaq tinchlikka erishish istagidaligini aytgan.

 

Top