Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jan-Klod Yunker: Yevropa hech qachon AQSh oldida tiz cho‘kmaydi
Foto: capital.fr
Yevrokomissiya rahbari Jan-Klod Yunker Yevropa AQSh bilan Transatlantik savdo va investitsion hamkorligi bo‘yicha muzokaralar olib borishini, biroq "amerikaliklar oldida tiz cho‘kishdan" bosh tortishini aytdi, deb xabar bermoqda Le Figaro fransuz nashri.
"Biz muzokaralar olib boramiz, biroq Yevropa amerikaliklar oldida tiz cho‘kmaydi. Biz Yevropaga muvaffaqiyatni ta'minlagan tamoyillarni shamolga uloqtirmaymiz", deb aytdi Jan-Klod Yunker Parijda.
Yunker bu "Yevropa go‘yoki qolgan dunyodan himoyalanayotgandek ko‘rinmasligi kerakligini" aytgan.
Bu haftada Fransiyaning qarshiligiga qaramasdan, Yevropa Ittifoqi va AQSh o‘rtasida transatlantik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarning 5-raundi boshlandi. Fransiya bu muzokaralarning to‘xtalishini talab qilmoqda, chunki ularni muvozanatlashmagan deb hisoblamoqda.
Avvalroq sharhlovchi Mettyu Karnichnig Politico nashrida Yevropa AQSh va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi erkin savdo haqidagi Transatlantik savdo va investitsion kelishuvidan noroziligini va bundan maqsad AQSh kompaniyalarining Yevropadagi pozitsiyalarini kuchaytirish deb hisoblashini yozgandi.
Mavzuga oid
23:20 / 15.01.2026
Grenlandiyani AQShdan himoya qilishning uchta varianti bor – The Economist
22:40 / 15.01.2026
AQSh Meksikadan narkokartellarga qarshi reydlar o‘tkazishga ruxsat olmoqchi
22:26 / 15.01.2026
Putin Maduroni ag‘dargan Trampni tanqid qilishga jur’at etolmadi – OAV
21:29 / 15.01.2026