Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Video: Kit bolasi sayoz suvga tiqilib qolgan onasini qutqarib qoldi
Kit bolasi dengizning sayozligiga kelib, u yerdan suzib keta olmagan onasiga tumshug‘i bilan yordam berdi.
Avstraliyalik ekologlar Shimoliy Stradbrok orolida ajoyib hodisani videotasvirga olishga muvaffaq bo‘lishdi. Ular, bukri kit bolasi dengizning qumli sayozligiga tiqilib qolgan onasiga yordam berish voqeasiga guvoh bo‘lishgan, deb xabar qilmoqda BBC telekanali.
Kvinslend shtati parklar va yovvoyi tabiat xizmati xodimlari kit bolasining onasini qutqarishga urinishini 40 daqiqalar kuzatishgan. U, onasining sayozlikdan chiqib olishiga yordam berish uchun tumshug‘i bilan ulkan bukri kitni turtgan.
Ekologlarning xabar qilishlaricha, bukri ona kit bolasi va qutqaruvchilarning sa'y-harakatlari bilan sayozlikdan qutilib, suzib ketgan.
Mavzuga oid
10:29 / 05.02.2026
Germaniya Avstraliya bilan nodir yer metallari bo‘yicha hamkorlikni kengaytiradi
08:52 / 27.01.2026
Fransiya 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlamoqchi
22:14 / 25.01.2026
Avstraliyada kengurular velopoyganing “beliga tepishdi”
18:50 / 20.01.2026