Jahon | 14:13 / 09.10.2016
4564
1 daqiqa o‘qiladi
Mercedes jamoasi «Formula-1» mavsumida muddatidan oldin chempion bo‘ldi
Mercedes AMG jamoasi uchinchi marta Konstruktorlar Kubogini - «Formula-1» mavsumida jamoa hisobida birinchilik uchun yutuqni qo‘lga kiritdi.
Kubok jamoaga mavsum yakunlanmasidan, muddatidan oldin topshiriladi. Jamoaning 2 piloti Nik Rosberg Lyuis Hemilton Yaponiyadagi Gran Prida podiumga ko‘tarildi.
Yaponiyada to‘plangan ochkolardan keyin Mercedes ochkolari soni 593taga yetdi. Endi ta'qib qilayotgan Red Bull (385 ochko) bu farqni yo‘qqa chiqara olmaydi.
Shaxsiy hisob bo‘yicha Rosberg peshqadam, u endilikda Hemiltonni 33 ochkoga ortda qoldirmoqda (Mercedes pilotlari mos ravishda 313 va 280 ochkodan to‘plagan). Daniel Rikkyardo 212 ochko bilan uchinchi bo‘lib turibdi.
Mavzuga oid
07:35 / 29.07.2024
Mercedes poygachisi Belgiya Gran-prisida g‘alaba qozonganidan so‘ng diskvalifikatsiya qilindi
08:14 / 06.01.2022
Toshkentda tungi drift uyushtirgan «Mercedes» haydovchisi javobgarlikka tortildi
09:34 / 14.02.2021
Mercedes 1,3 milliondan ko‘proq mashinasini qaytarib olmoqda
20:51 / 17.09.2020