O‘zbekiston Bosh vazir o‘rinbosari Ulug‘bek Ro‘ziqulov 8 oktabr kuni Ostonada Qozog‘iston Bosh vaziri Bakitjon Sagintayev bilan muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqida Qozog‘iston Respublikasi Bosh vazirining rasmiy saytida ma'lum qilindi.
Manbaga ko‘ra, uchrashuv davomida tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi. O‘zbekiston va Qozog‘iston kimyoviy va neft-kimyoviy sohalarida ham aloqalarni mustahkamlashi kerak.
O‘zbekiston va Qozog‘iston vakillari ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorlikni faollashtirishga doir bundan avval erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.