16:56 / 11.10.2016
5262

Abdulaziz Komilov YeI delegatsiyasining yangi rahbari bilan muzokaralar o‘tkazdi

Foto: mfa.uz

11 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Yevropa Ittifoqi delegatsiyasining yangi tayinlangan rahbari, elchi Eduards Stipraysni qabul qildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bergan

Stiprays vazirga ishonch yorliqlari nusxasini topshirdi.

Muloqot davomida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati va ularni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Suhbat chog‘ida ta'kidlanganidek, O‘zbekiston va Yevroittifoq o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash hamda ularga ko‘p qirrali tus berish ikki tomon manfaatlariga mos keladi.

Uchrashuvda ayrim xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan ham fikr almashildi.

Top