Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an AQSh prezidentligi uchun Demokratik partiya nomzodi Hillari Klintonni, uning Suriyadagi kurd bo‘linmalariga qurol berishni ma'qullagani uchun tanqid qildi.
"Klinton xonim bunday bayonot bermasligi kerak", - degan Erdo‘g‘an mahalliy sud vakillari bilan Anqara shahrida o‘tkazgan uchrashuvida.
Klinton 9 oktabr kuni Sent-Luis shahrida respublikachilar nomzodi Donald Tramp bilan o‘tkazgan telebahslarida Suriyadagi Demokratik ittifoq partiyasining bo‘linmalarini qurollantirish fikrini bildirgan edi. Anqara ma'muriyati bu partiyani terrorchilik tashkiloti deb hisoblaydi.
"Terrorchilar bilan o‘ynashish – olov bilan o‘ynash kabidir. Olov bizni aylanib o‘tgan bilan boshqalarni ayab o‘tirmaydi", - degan Erdo‘g‘an.
Turkiya yetakchisi, shuningdek, AQShni Demokratik ittifoq hamda IShIDga qurol yetkazib berayotganlikda aybladi.
"AQSh Suriyadagi terrorchilik guruhlarga qurol yetkazib berayapti. Yarmini Demokratik ittifoq partiyasiga, yarmini IShIDga taqdim etmoqda", -deya ta'kidlagan Turkiya rahbari.