O‘zbekiston | 00:10 / 12.10.2016
102994
2 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston prezidentligiga nomzodini tasdiqlash boshqa sanaga ko‘chirildi

O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi siyosiy kengashi ijroiya qo‘mitasi O‘zbekiston prezidenti vazifalarini vaqtinchalik bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev prezidentlik saylovlariga nomzod etib tasdiqlanishi rejalashtirilgan partiya qurultoyini 19 oktabrga ko‘chirishga qaror qildi. Bu haqda partiya matbuot xizmatida RIA “Novosti” axborot agentligiga xabar qilindi.

Dastlab Shavkat Mirziyoyev nomzodi partiyaning 14 oktabrdagi qurultoyida tasdiqlanishi, so‘ngra esa hujjatlar O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasiga topshirilishi kerak edi.

"Sanani ko‘chirish haqidagi qaror qurultoy doirasida rejalashtirilgan O‘zLiDePning O‘zbekiston prezidenti saylovlaridagi ishtiroki bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilish jarayoniga ta'sir qilmaydi", deb ma'lum qildi partiya vakili. 

"Partiya nizomiga takliflar va qo‘shimchalarni o‘rganish uchun qo‘shimcha vaqt talab qilindi. Bu  takliflar va qo‘shimchalar ham navbatdagi qurultoyda ko‘rib chiqilishi tayyorlanmoqda, shuning uchun qurultoy sanasini ko‘chirishga qaror qilindi", deb tushuntirdi partiya vakili.

Ayni vaqtda partiyalar o‘z nomzodlarini qo‘llab-quvvatlovchi imzolar yig‘ishni amalga oshirishmoqda, bu jarayon 20 oktabrda yakunlanishi kerak. Qonunchilikka ko‘ra, partiya umumiy saylovchilar sonidan kamida 1 foizining (214,35 ming imzo) imzosini yig‘ishi lozim. Nomzodlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va ro‘yxatdan o‘tganlik guvohnomalarini berish 30 oktabrgacha Markaziy saylov qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.   

 

Mavzuga oid