12:35 / 13.10.2016
6776

Turkiya amerikalik jurnalist ayolni ozod etdi

Foto: nbc news

Turkiya ikki oydan ko‘proq vaqt mobaynida hibsda saqlangan amerikalik jurnalist ayol Lindsi Snellni qo‘yib yubordi, deb yozmoqda Guardian nashri. U chegarani noqonuniy kesib o‘tganligi uchun qo‘lga olingan edi. 

Suriyaning Halab shahridagi voqealarni yoritgan jurnalist qator OAV, jumladan MSNBC, ABC News, Discovery va Yahoo News telekanallari bilan hamkorlik qilgan. Uni iyul oyi oxirlarida "Jabhat Fatah ash-Shom" (sobiq "Jabhat an-Nusra") guruhi bir necha hafta mobaynida tutqinlikda ushlab turgan edi. Snell ozodlikka chiqqach, Turkiyaga yo‘l olib, bu yerda 6 avgust kuni Xatay viloyati hukumati tomonidan chegarani noqonuniy kesib o‘tganligi uchun hibsga olingan edi. 

Snell AQSh davlat departamenti uning qo‘lga olingani munosabati bilan hech qanday bayonot bermaganidan qattiq xafa bo‘lganini bildirgan. 

Snellning aytishicha, uni terrorchilikda gumon qilinayotgan, xususan IShID a'zolari bilan birga saqlashgan. 

 

Mavzuga oid
Top