Jahon | 09:36 / 13.10.2016
16229
2 daqiqa o‘qiladi

WikiLeaks: Hillari Klinton Putin haqida ijobiy fikrda

Foto: Cnn

AQSh prezidentligi uchun Demokratik partiya nomzodi Hillari Klinton Rossiya prezidenti Putinga qarshi turishi haqida ko‘p bora ta'kidlamoqda. Biroq, u bundan avval Rossiya davlat rahbari haqida bir necha marotaba ijobiy fikrlarni bildirgan, deb xabar qilmoqda Fox News telekanali WikiLeaks sayti oshkor qilgan ma'lumotlarga asoslangan holda.

Xususan, Klinton saylovoldi kampaniyasi rahbari Jon Podestaning maktublarida yozilishicha, 2013 yil iyun oyida Goldman Sachs banki rahbariyati oldida chiqish qilishidan avval, Klinton xonim RF prezidenti bilan yanada qalin aloqada bo‘lishga umid bildirgan. Bu vaqtda u Davlat kotibi lavozimini tark etgan edi. 

O‘sha yilning may oyida Hillari Sanford Bernstein konsalting kompaniyasi top menejyerlari bilan uchrashuvda Putinni «ajoyib suhbatdosh» deb atagan. 

2013 yil oktabr oyida Chikago birlashgan yahudiylar jamg‘armasida ma'ruza qilgan sobiq davlat kotibining fikricha, Rossiya prezidentini oldindan nima qilmoqchi ekanini aytib bo‘lmaydi. «Uning nima qilmoqchi yoki demoqchi ekaniga hech qachon yuz foiz ishonish qiyin. Bilasizmi, u Ona vatanini himoya qilishga tayyor. Shu boisdan ham bizda qiziqarli suhbatlar bo‘lib o‘tgan», — degan edi Klinton xonim. 

Jon Podestaning WikiLeaks sayti tomonidan oshkor qilingan maktublarining navbatdagi qismida, shuningdek, Klintonning Putin dachasiga tashrif buyurgani haqidagi hayajonli hikoyasi ham e'lon qilingan. 

Mavzuga oid