Jahon | 18:43 / 16.10.2016
8659
1 daqiqa o‘qiladi

BRIKS yetakchilari Goadagi sammitda yakuniy deklaratsiyani qabul qilishdi

Foto: Reuters

Hindistonning Goa shahrida o‘tkazilgan BRIKS sammiti yakunida ishtirokchi davlatlar rahbarlari yakuniy deklaratsiyani qabul qilishdi.

Bundan tashqari, yaqin kelajakdagi hamkorlik rejalari va iqtisodiyot, moliya va gumanitar hamkorlik haqidagi hujjatlar qabul qilingan.

Sammitning yakuniy deklaratsiyasida bir tomonlama harbiy intervensiya va iqtisodiy sanksiyalar qoralangan. Unda qayd etilishicha, birlashma rahbarlari Afg‘onistondagi vaziyatni ShHT va ODKB (Kollektiv xavfsizlik to‘g‘risidagi shartnoma tashkiloti) doirasida muhokama etish muhimligi qayd etishgan. 

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid