Hindistonning Goa şahrida ötkazilgan BRIKS sammiti yakunida iştirokçi davlatlar rahbarlari yakuniy deklaratsiyani qabul qilişdi.
Bundan taşqari, yaqin kelajakdagi hamkorlik rejalari va iqtisodiyot, moliya va gumanitar hamkorlik haqidagi hujjatlar qabul qilingan.
Sammitning yakuniy deklaratsiyasida bir tomonlama harbiy intervensiya va iqtisodiy sanksiyalar qoralangan. Unda qayd etilişiça, birlaşma rahbarlari Afğonistondagi vaziyatni ŞHT va ODKB (Kollektiv xavfsizlik töğrisidagi şartnoma taşkiloti) doirasida muhokama etiş muhimligi qayd etişgan.












